Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy va muxolif Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi yetakchisi Pedro Sanches Kataloniya inqilobiga yakun yasash uchun mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish lozimligi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bu haqda Sanches jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida xabar qildi.
“Biz bosh vazir bilan kelgan qaror siyosiy yo‘lning ochiqligi, konstitutsiya islohoti yo‘lidan iborat”, — dedi u.
Partiya rahbari islohot Kataloniya Ispaniya tarkibida qolishiga ko‘mak berishi lozim.
10-oktabr kuni kechki soatlarda Kataloniya ijro hokimiyati — Jeneralitetning Twitter’dagi sahifasida chiqqan e’longa ko‘ra, mintaqaviy hukumat rahbari Karles Puchdemon, uning o‘rinbosari Oriol Junkeras, parlament spikeri Karme Forkadel va 135 deputatdan 72 nafari mustaqillik deklaratsiyasini imzolagan.
Izoh (0)