Kataloniya rahbari Karles Puchdemon 16-oktabrga qadar mintaqaviy hokimiyat imzolagan mustaqillik deklaratsiyasi bilan bog‘liq vaziyatni oydinlashtirishi lozim. Bu haqda Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoy deputatlar kongressidagi chiqishida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Puchdemon 16-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da tugaydigan muxlat ichida vaziyatni oydinlashtirishi lozim, — dedi bosh vazir. — Javob tasdiqlovchi javob bo‘lsa yoki javob bo‘lmasa, Puchdemon mustaqillik deklaratsiyasini bekor qilishi lozim”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, deklaratsiyani bekor qilish uchun 19-oktabrgacha muxlat beriladi.
10-oktabr kuni kechki soatlarda Kataloniya ijro hokimiyati — Jeneralitetning Twitter’dagi sahifasida chiqqan e’longa ko‘ra, mintaqaviy hukumat rahbari Karles Puchdemon, uning o‘rinbosari Oriol Junkeras, parlament spikeri Karme Forkadel va 135 deputatdan 72 nafari mustaqillik deklaratsiyasini imzolagan.
Izoh (0)