Xalqaro kosmik stansiya Yer atrofida soniyasiga 7 kilometr tezlikda harakatlangan sabab unchalik katta bo‘lmagan obyektlarni suratga olish oson emas. Ular qatoriga shartli ravishda Everestni ham kiritish mumkin: ko‘zga ko‘rinarli “gorizontal” hududlarni egallagan shahar, dengiz yoki sahrolardan farqli o‘laroq, 8848 metrli tog‘ koinotdan turib qaralganda boshqa tepaliklar orasida shunchaki nuqtadek ko‘rinadi, deb xabar berdi National Geographic.
Yaqinda “Roskosmos” kosmonavti Sergey Ryazanskiy Xalqaro kosmik stansiya bortidan turib Everestni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
NASA astronavtlari ham bu turda suratlarni bir necha bor olgan. 2002-yilda Deniel Bursh Everestning suratini taqdim etgan edi:
2003-yilda afsonafiy tog‘ astronavtlarning kamerasi obyektivi tomonidan yana bir bor tarixga “muhrlandi”:
26-ekipaj tomonidan 2011-yilda Everestning ajoyib surati olingan:
Izoh (0)