Roberto Martines murabbiyligidagi Belgiya terma jamoasi JCh—2018 saralashini mag‘lubiyatsiz yakunladi: 9 ta g‘alaba va 1 ta durang. Avvalroq nemislar 10 ta o‘yinda 10 ta g‘alabaga ega chiqqandi.
Belgiya JCh—2018 chiptasini Yevropada hammadan oldin — 8-turdan keyinoq qo‘lga kiritib bo‘lgandi. Bu borada belgiyaliklar saralashda eng ko‘p gol urgan jamoa maqomiga ham ega chiqdi — 43 ta. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 4 tadan ko‘proq gol deganidir.
Gretsiya esa saralashni 2-o‘rinda yakunladi va pley-offdan umid qiladigan bo‘ldi.
JCh—2018. Saralash “H” guruhi. 10-tur 10-oktabr, seshanba
Belgiya — Kipr 4:0
Gollar: Eden Azar, 12 (1:0). Torgan Azar, 52 (2:0). Eden Azar, 63-pen (3:0). Romelu Lukaku, 78 (4:0).Estoniya — Bosniya 1:2
Gollar: Izet Xayrovich, 48 (0:1). Ilya Antonov, 75 (1:1). Izet Xayrovich, 84 (1:2).Gretsiya — Gibraltar 4:0
Gollar: Vasilis Torosidis, 32 (1:0). Kostas Mitroglu, 61 (2:0). Kostas Mitroglu, 63 (3:0). Yannis Yanniotas, 78 (4:0).JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya.
Izoh (0)