9-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Sochida o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Sochida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
2. Toshkentdagi Sharof Rashidov ko‘chasining yopilgan qismi qaytadan ochildi (video). Shuningdek, poytaxtda 30 ga yaqin yangi metro bekati quriladi.
3. Vladimirda poyezd bilan to‘qnashib, 16 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobusning haydovchisi qo‘lga olindi. Tergovchilar “avtobus o‘z texnik holatiga ko‘ra yo‘lovchilarni tashish uchun yaroqsiz ahvolda bo‘lgan”ini aniqlagan.
4. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8 so‘m 72 tiyinga pasaydi. Shu bilan birga, 1 yevro qiymati 43,28 so‘mga tushib, 9450,73 tiyin deb belgilandi.
5. Birinchi noxush hodisa oldidan: yuridik kollejidagi tartibsizliklar TV orqali ko‘rsatilgan edi, biroq hech qanday chora ko‘rilmagan (video). Joriy yilning 6-oktabr kuni Toshkent yuridik kollejida o‘qiydigan 3-kurs o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida bir o‘quvchi vafot etdi.
Izoh (0)