Apple’ning iPhone 7 smartfoni 2017-yili eng ko‘p sotilgan gadjet deb topildi. Buni IHS Markit tahlilchilari o‘tkazgan tekshiruv ko‘rsatdi, deb xabar qiladi Phonearena.
Mashhurlik jihatdan ikkinchi smartfon iPhone 7 Plus bo‘ldi. Uchlikka Samsung Galaxy Grand Prime Plus yakun yasadi. Bu besh dyuymli budjetli smartfon 130 dollar turadi.
Shuningdek, beshlikka iPhone 6s va Samsung Galaxy S8 kirdi.
Shu bilan birga, iPhone 7 ning bu yilgi xarid ko‘rsatkichlari o‘tgan yili iPhone 6s qayd qilgan natijalardan bir qadar pastroq bo‘lgan. Tushish Samsung’da ham kuzatilmoqda.
Izoh (0)