1-oktabr kuni Kataloniya mustaqilligi uchun referendum o‘tkazilgan bo‘lib, bu holat butun dunyoda keng muhokama qilingandi.
So‘rovnoma: Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqsa, “Barselona” qaysi ligaga qo‘shilgani ma’qul?
Garchi Ispaniya va Yevroparlament referundumni tan olmagan bo‘lsa-da, Kataloniyada mustaqillik uchun harakat davom etmoqda. U Ispaniyadan ajralib chiqsa, “Barselona” qaysi ligada o‘ynagani ma’qul degan so‘rovnomada “Daryo”ning 6 mingga yaqin o‘quvchisi ishtirok etdi.Ovoz berishda La Liga va APL variantlarida tenglik kuzatildi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 43 foizi Angliya Premyer-Ligasini yoqlab ovoz berdi, yana shuncha foizi “Barselona” La Ligada qolaverganini ma’qul deb topdi.
Fransiya, Germaniya va Italiya variantlari 10 foiz ham ovoz to‘play olmadi.
Izoh (0)