Norvegiya hukumati BMTning yadroviy qurolni butunlay taqiqlash bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Norvegiya tashqi ishlar vaziri Byorge Brende TV2 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Byorge Brende Osloda o‘tgan Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniyaga (ICAN) tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish marosimiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Men va Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniyani tabrikladi, ammo BMTning yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyasini qo‘llay olmaymiz, negaki unda yadroviy qurolga ega birorta davlat ishtirok etmayapti. Bu davlatlarda yadroviy qurol bor ekan, u NATOda ham bo‘lishi lozim”, — deb tushuntirdi tashqi ishlar vaziri o‘z pozitsiyasini marosim haqida.
Shu yil iyulida Norvegiya hukumati konvensiyani imzolashdan bosh tortgani uchun jamoatchilik tomonidan keskin tanqid ostiga olingan edi.
Izoh (0)