Kuba va AQSh o‘rtasidagi bevosita pochta aloqasi 2017-yil martidan e’tiboran to‘xtatilgan edi. Bu haqda Kubaning Correos de Cuba davlat pochta kompaniyasi vitse-prezidenti Sorayya Bravo bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Biz AQSh pochtasi vakillaridan javob kutmoqdamiz, shunda muntazam tijoriy reyslar orqali pochta aloqasini qayta tiklash mumkin bo‘ladi”, — ma’lum qildi kompaniya vitse-prezidenti.
Ayni paytda Kubadan AQShga xat yuborish uchun boshqa mamlakatlar pochtasi vositachilik qilishi mumkin.
Izoh (0)