O‘zbekiston Prezidentining 6-oktabrdagi qarori bilan Sangilov Mirodil Mirzaliyevich axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.
“M. Sangilov ‘Xavfsiz shahar’ kompleksini yaratish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida va keng miqyosida, sifatli amalga oshirishga mas’ul bo’ladi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu lavozim Prezidentning 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan edi.
Izoh (0)