Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining Uruzgon viloyati Barakzay tumanida amalga oshirgan zarbalari nitajsida “Tolibon” radikal harakatining 17 jangarisi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘n kishi yaralandi, deb xabar beradi “TASS”.
Mamlakat mudofaa vazirligi tarqatgan rasmiy axborotga ko‘ra, zarbalar natijasida, shuningdek, toliblarning qurol-yarog‘i va o‘q-dori zaxiralari yo‘q qilingan.
Guruh jangarilari hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Izoh (0)