Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi O‘zbekiston Kubogining finaliga yo‘llanma oldi.
Yarim finalning poytaxtda o‘tgan dastlabki o‘yinida Samarqandning “Dinamo” klubi 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Samarqandda o‘tgan javob o‘yinida “qaldirg‘ochlar” 2:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning o‘g‘li Mirjamol Qosimov burchak zarbasidan to‘pni to‘g‘ri darvozaga aylantirib qo‘ydi — 0:2.
“Dinamo” va “Bunyodkor” klublari joriy mavsum 4 bor to‘qnash keldi. Toshkentdagi har ikki o‘yinda ham durang qayd etilgan bo‘lsa, Mirjalol Qosimov boshqaruvida jamoa Samarqandda ikki marta bir xil — 2:0 hisobida zafar quchdi.
O‘zbekiston Kubogi yarim finalidan joy olgan ikkinchi bellashuvda “Nasaf” va “Lokomotiv” klublari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘zbekiston Kubogida zafar quchgan jamoa Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi.
Izoh (0)