Indoneziyaning Sulavesi orolida dunyodagi eng g‘ayrioddiy dafn marosimi an’analarini tajribadan o‘tkazuvchi toraji elati yashaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ular balzam surtilgan jasadni ko‘mishdan avval bir necha kun uyda saqlashi mumkin.
Tana-Toraji aholisi vakillari yaqinlari qabrini g‘ayrioddiy amallarni bajarish uchun tez-tez ziyorat qiladi. Ular qabrlarni tozalabgina qolmay, uni o‘lik uchun zaruriy buyumlar bilan to‘ldiradi, hatto balzam surtilgan jasad qoldiqlarini yuvib turadi.
Toraji aholisi asosan xristian diniga e’tiqod qiladi, biroq ular ajdodlaridan meros bo‘lib kelayotgan majusiylar urf-odatlarini ham tajribada qo‘llab kelmoqda.
Vafot etgan insonni dafn etish qimmat va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Marhumning jasadi balzam surtilganidan so‘ng chiroyli qilib bezatilgan tobutga solinadi. Tobut esa marhumning qarindoshlarining uyida bir necha kun, hatto yillab saqlanadi. Mazkur vaqt mobaynida marhumning qarindoshlari u bilan so‘zlashadi, uni turli oilaviy tadbirlarga jalb etadi.
Shundan so‘ng tobut balandligi uch qavatli uydek keladigan cho‘qqida o‘yilgan kovakka qo‘yiladi. Chuqur kovlashga uch yoki olti oy vaqt ketadi.
Ko‘mish marosimi marhumning qarindoshlari qurbonlik uchun so‘yiladigan ho‘kiz va cho‘chqalarni sotib olishga yetarli pul jamg‘arganidagina bo‘lib o‘tadi. Bu vaqtga qadar esa jasad uyda saqlanadi.
Toraji elati vakillari tobut yorqin ranglarda bezatilishi kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun ham ular tobutni qizil yoki sariq rangda bezatadi hamda uning ichiga marhum uchun zarur narsalarni qo‘yadi.
“Urf-odatlarni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish—muhim ahamiyatga ega. Pulim ko‘payib ketgan taqdirda ham, men uni ko‘rgani kelishda davom etaman”, — deydi bir oy avval vafot etgan buvisini ko‘rgani kelgan 21 yoshli qiz.
“U jismonan yonimizda bo‘lmasa ham, biz bir-birimizni qalban his etamiz”, — deydi olti yil avval vafot etgan kelinini ko‘rishga kelgan ayol.
Izoh (0)