Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Marg‘ilonlik 23 yoshli oshpaz Muhammadali Hayitboyev 2 ming litrlik sho‘rva qaynatdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Taomni tayyorlash uchun 300 kilogramm go‘sht, 100 kilogramm suyak, 50 kilogramm mol yog‘i, 100 kilogramm piyoz, 6 kiloramm tuz, 16 kilogramm qizil va ko‘k bulg‘or qalampiri, 10 kilogramm pomidor, 500 gramm sarimsoq piyoz, 400 gramm zira, 500 gramm qizartirgich, 300 gramm kashnich, 200 gramm zirk, 200 gramm murch hamda 2 ming litr suvdan foydalangan.

Muhammadali Hayitboyev bundan avval Marg‘ilonda tashkil etilgan “Atlas festivali”da 2 tonnalik palov tayyorlagan edi.

Foto: UZ24

Foto: UZ24

Qayd etish joiz, Toshkentda 8-sentabr kuni “O‘zbegim” festivali doirasida og‘irligi 7 tonnadan ziyod palov tayyorlangan va bu taom Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan edi.

Foto: Afisha

Foto: Afisha

Bundan avval, rekordchi megapalovga tayyorgarlik sifatida, 17-avgust kuni Olmaliq shahrida og‘irligi 6 tonna bo‘lgan palov tayyorlangan edi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi