Qozog‘istonda sanitar reysni amalga oshirayotgan An-28 samolyotining qulashi oqibatida uning bortidagi besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imanqulovga ko‘ra, Olmaotaning Ili tumanida mahalliy vaqt bilan 19:15 da sanitar aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirgan An-28 radarlardan yo‘qoldi. Bir soatdan so‘ng u qulagani va qulash chog‘ida olov olgani ma’lum bo‘ldi.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bortda besh kishi bor edi, ularning barchasi halok bo‘ldi”, — qo‘shimcha qildi IIV vakili.
Voqea joyida 12 qutqaruvchi va uch texnika birligi ishlamoqda.
Izoh (0)