Rossiya va Turkmaniston prezidentlarining Ashxoboddagi uchrashuvi chog‘ida gapirgan suxandon Gurbanguli Berdimuhamedovning ota ismini bir harakatda ayta olmadi. Bu voqea aks etgan videoni “Komsomolskaya pravda” muxbiri Dmitriy Smirnov Twitter’da e’lon qildi.
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Berdimuhamedovga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirayotgan payti suxandon tutilib qoldi. Shunga qaramay, Turkmaniston yetakchisi kulib qo‘ydi va mukofotni indamay qabul qildi.
С третьей попытки: Диктор не сразу выговорил отчество Бердымухамедова во время награждения орденом Александра Невского pic.twitter.com/HXXvlA67qp
— Дмитрий Смирнов (@dimsmirnov175) October 2, 2017
Marosim davomida Putin o‘z hamkasbiga respublikada rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bugun rus tili Turkmaniston maktablarining ko‘pchiligida o‘qitiladi. Rus tili Turkmanistonda millatlararo muloqot vositasi sifatida ishlatiladi”, — dedi u.
Izoh (0)