2-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18–20-sentabrda AQShga tashrifi yakunlari, AQShning yirik biznes vakillari bilan uchrashuvlar hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi, jumladan Samarqandda BMT shafeligida noyabr oyida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro anjumanda AQSh delegatsiyasi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)