Moskva merining uy-joy va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Pyotr Biryukov Moskva kommunal xizmatlari qish oldidan yo‘llar, trotuarlar va ichki o‘tish yo‘llarini maxsus yuvish vositasi bilan bir necha marta yuvishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“30-sentabr, shanba tongida besh mingdan ortiq suv sepib-yuvuvchi mashina yo‘llarning barcha asfalt-beton va plitka qoplamalarini, ularga tutash avtomobil to‘xtash joylari, trotuarlar va ichki hovli hududlarini yuvishni boshlaydi”, — deydi Biryukov.
U yo‘llarga dastlab maxsus shampun bilan ishlov berilishi, ikki soatdan so‘ng esa vosita suv bilan yuvib tashlanishini ma’lum qildi.
Poytaxt kommunal xizmatlari odatda yiliga ikki marta — kuz va bahorda yo‘llarni shampun bilan yuvadi.
Izoh (0)