Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Chelsi” Madridning “Atletiko” klubini safarda taslim qildi.
Uchrashuvda hisobni Antuan Grizmann penaltidan ochishga muvaffaq bo‘lgandi. Ikkinchi bo‘limga kelibgina londonlik futbolchilar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ular ilk turda “Qorabog‘” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.
Guruh bosqichini “Atletiko”ga qarshi golsiz durang bilan boshlagan Rimning “Roma” klubi esa Bokuda o‘tgan uchrashuvda 2:1 hisobida ustun keldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi. “C” guruhi. 2-tur 27-sentabr, chorshanba
Izoh (0)