Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avval xabar berganimizdek, 26-sentabr kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida Borovskiy tibbiyot kollejining 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Javobgar unga ilgari surilgan ayblovga iqror bo‘lmadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabarida aytiladi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi 1999-yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich To‘laganovdan sud majlisi raisi ushbu modda bo‘yicha qilgan jinoyatiga iqror bo‘lish-bo‘lmasligi haqida so‘radi. “Iqror bo‘lmayman”, — dedi javobgar.

Ish bo‘yicha tergov jarayoni 29-avgust kuni nihoyasiga yetkazilgan va mavjud materiallar jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudiga oshirilgan edi.

Navbatdagi sud majlisi 29-sentabr kuniga belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Mahalliy
Buxoroda 29 yoshli o‘g‘il onasini pichoqlab o‘ldirdi