AQSh rasmiylari Rossiya harbiy-havo kuchlari samolyotlarining AQSh hududidan o‘tishini cheklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Erkin parvozlar Ochiq osmon to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan edi, deb xabar beradi Meduza.
Aytilishicha, bunday chora AQSh aviatsiyasining Kaliningrad havo hududidan uchib o‘tishi taqiqlanganiga javob tariqasida ko‘rilmoqda. Shu tariqa, Ochiq osmon to‘g‘risidagi kelishuvni birinchi bo‘lib Rossiya tomoni buzgan.
AQSh Davlat departamenti bu axborotni tasdiqladi. Bunda Rossiya o‘z majburiyatlarini bajarishga qaytishi bilan bu taqiq ham olib tashlanishini aniqlashtirib o‘tdi.
Izoh (0)