Qatarning “As-Sayliya” futbol klubida faoliyatini davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov “Championat.asia” nashriga intervyu berib, mundialga bora olmagani sabablarini qanday mezonlar bilan o‘lchashini tushuntirdi.
Abduxoliqov dastlab sobiq bosh murabbiy Samvel Babayan haqida fikr bildirdi:
Kimningdir orqasidan gapirish menga to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, mening fikrim birovga qiziq emas. Men aybni boshqadan qidirayotganim yo‘q, barcha aybni o‘zimdan qidiryapman. Shunday bo‘lishi kerak.Futbolchining fikricha, O‘zbekiston futbolida halol ishlanmagan. Shu bois muvaffaqiyatsizlik kuzatilgan.Maydonga tushgan o‘yinlarimda gol urish uchun menda imkoniyatlar bo‘lgan. O‘sha vaziyatilarda raqib darvozasiga gol urib, jamoamni qiyin vaziyatdan olib chiqishim kerak edi, deb hisoblayman. Masalan, Suriya va Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilishim shart edi. So‘ngi ikki uchrashuvda esa maydonga tushmadim.
Temurxo‘ja Abduxoliqov, “As-Sayliya” hujumchisi
Bunga istalgancha faktlar keltirish mumkin. Halol ishlamadik, deb o‘ylayman. Halol ishlaganimizda, mevasi bo‘lardi, albatta.To‘g‘risi, bu mavzudagi savollardan charchadim. Tushunaman, juda ham qiyin. Hayotning o‘zi kim halol kim esa g‘irromligini ko‘rsatib qo‘yadi. Menga ota-onam halol bo‘lgin, shunda ertami yoki kech rohatini ko‘rasan, deb tarbiya bergan. Biz mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadik. Demak, halol ish qilmadik. Natija yo‘q bo‘lsa, bunga 2 ta sabab bor: xatolik yoki nohalollik.
Temurxo‘ja Abduxoliqov, “As-Sayliya” hujumchisi
Izoh (0)