Falastinlik jangari Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan yahudiylar qishlog‘iga kirish qismida uch nafar isroillik fuqaroni otib o‘ldirdi. Bu haqda chegara politsiyasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, isroillik fuqarolarga qarata o‘q uzgan fuqaro o‘zini ishchi qilib ko‘rsatgan va Quddus shahrining shimoliy-g‘arbida joylashgan Xar-Adar qishlog‘iga o‘tishga uringanida politsiyada shubha uyg‘otgan.

“U qurolini olib, xizmat vazifasini o‘tayotgan huquq-tartibot organlari xodimlariga qarata o‘q uzdi. Hujum oqibatida uch nafar isroillik fuqaro halok bo‘ldi, yana bir nafari yaralandi”, — deyiladi xabarda.

Hujumni uyushtirgan shaxsning o‘zi ham otib o‘ldirilgan.