Turkiya Iroq Kurdistoni mustaqilligi bo‘yicha referendum tufayli harbiy harakatlar olib borish niyatida emas, biroq milliy xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Fuqarolarimiz xotirjam bo‘lishi mumkin — urush boshlamoqchi emasmiz. Biroq milliy xavfsizligimizni himoya qilamiz” — dedi Yildirim.
Bosh vazirga ko‘ra, Turkiya qurolli kuchlari hozirda Iroq chegarasida o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarda Iroq armiyasi zobitlari ham ishtirok etadi.
Shuningdek, Anqara kurdlarning peshmerga harbiy tuzilmalarini shug‘ullantirishni to‘xtatadi.
Izoh (0)