Shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Syrian Observatory for Human Rights tashkiloti Rossiya samolyotlari Suriyaning Idlib viloyatida amalga oshirgan zarbalar oqibatida 27 tinch fuqaro halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda, AFP agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Syrian Observatory for Human Rights axborotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning o‘n nafari bolalardir.
Idlibda Rossiya bombalari tinch fuqarolarning o‘limiga olib kelgani haqida, shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vazir Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, ammo qurbonlar soni haqida aniq gapirmadi.
Izoh (0)