Turkiya politsiyasi Istanbulda aksilterrorchilik operatsiyasini o‘tkazib, uning davomida 36 kishini ushladi. Ularning 31 nafari chet el fuqarolaridir, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Operatsiya Istanbuldagi 15 ta manzilda bir paytning o‘zida o‘tkazildi. Ushlanganlar IShID terrorchi guruhiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Hibsga olinganlar qaysi davlatlar fuqarolari ekanligi noma’lum. Ularning bir qismi Suriya va Iroqda IShID tomonida turib jang qilgani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)