Monakoning Dynamiq kemasozlik kompaniyasi 16 million dollar turadigan yaxtani yaratdi. Yaxta Italiyaning Viarejo kommunasida suvga tushirildi, bu yerdan u Monakoga suzib borib, 27—30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yaxtalar shousida ishtirok etadi, deb xabar berdi TJournal.
Yaxta dizayni ustida Studio F.A. Porsche nemis firmasi ish olib borgan, u Porsche avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning filiali — Porsche Design tarkibiga kiradi. Kema ichida yotoqxona, ayvon va oshxona joylashgan bo‘lib, unga bir vaqtning o‘zida olti nafar ekipaj a’zosi va yana olti nafar yo‘lovchi sig‘adi.
Yaxta interyerini Italiyaning Minotti mebel ishlab chiqaruvchilari yaratgan. Bu kabi yaxtadan yetti nusxada ishlab chiqariladi.
Kemaning maksimal tezligi soatiga 39 kilometrni tashkil etadi.
Izoh (0)