London ma’muriyati Uber mobil dasturining odam tashish uchun litsenziyasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Amaldagi litsenziya muxlati 30-sentabrda tugaydi, deb xabar beradi Meduza.
Shahar rahbariyati Uber avtomobil chaqirish operatoriga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi deb topdi. Bayonotda aytilishicha, kompaniya jinoyatchilik haqida xabar qilish kerak bo‘lgan vaziyatlarda o‘zini yomon tomondan ko‘rsatgan, shuningdek, tibbiy sertifikatlarni rasmiylashtirishda shaffof siyosat yuritmagan.
Bundan tashqari, kompaniya haydovchilarning kriminal tarixini tekshirishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. Uber, shuningdek, Greyball texnologiyasi nazorat organlari tekshiruvlariga qarshi qanday ishlatilganini tushuntirib bera olmagan.
London meri Sodiqxon bu yangilikka izoh berarkan, innovatsion xizmatlar ko‘rsatish mijozlar xavfsizligiga ziyon keltirmasligi kerakligini uqtirdi.
Izoh (0)