Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 22-tur bellashuvlari bugun — 21-sentabr kuni start oladi. Uning markaziy o‘yini Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida kechib, “temiryo‘lchilar” poytaxtning boshqa bir grandi “Paxtakor”ni qabul qiladi.
“Bunyodkor” esa Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘ladi. Bungacha “Dinamo” Toshkentda ikki bor durang o‘ynab ketishga muvaffaq bo‘lgandi. Sergey Lushchan jamoani boshqargan vaqtda “qaldirg‘ochlar” 1:1 hisobida durang o‘ynab, 2 ochko yo‘qotgandi. Keyinroq Mirjalol Qosimov boshqaruvida “Bunyodkor” Samarqand klubini O‘zbekiston Kubogi chorak finalining ilk o‘yinida taslim qila olmadi — 0:0.
“Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, “Dinamo” 2-davra boshlanganidan buyon gol ura olmaydi. Ya’ni, Samarqand klubi olti uchrashuvdan buyon raqiblar darvozasiga yo‘l topa olganicha yo‘q. “Bunyodkor” esa 2-davraning olti o‘yinida 4 marta zafar quchdi va 2 marta durang o‘ynadi. 5 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.
“Dinamo” muxlislari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan ikki klub — “Buxoro” va “Qo‘qon—1912”dan ochko tortib olingani bilan maqtanishi mumkin. Mazkur bellashuvlar 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgandi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 22-tur bellashuvlari 21-sentabr, payshanba
“Dinamo” — “Bunyodkor” — 16:30“Lokomotiv” — “Paxtakor” — 18:00“Sho‘rtan” — “Navbahor” — 18:00
22-sentabr, juma“Obod” — “Nasaf” — 16:00“Metallurg” — “Qo‘qon—1912” — 16:00“Neftchi” — “So‘g‘diyona” — 17:00“Mash’al” — “Buxoro” — 17:30“Qizilqum” — “Olmaliq” — 18:30
Izoh (0)