Apple’ning shov-shuvli taqdimotidan bir hafta o‘tib, Apple Watch aqlli soatlari birinchi avlodi haqidagi ilk xulosalar paydo bo‘la boshladi. Ular unchalik yaxshi emas, deb yozadi InsiderPro.
Qiymati 399 dollarlik Apple Watch Series 3 22-sentabrdan sotuvga chiqadi. Bu kompaniyaning LTE moduli joylanganligi tufayli iPhone’ga bog‘lanmagan tarzda ishlay oluvchi (jumladan, qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati) birinchi soatidir.
Biroq birinchi foydalanuvchilar allaqachon LTE bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilmoqda: Siri chaqiruvlari va telefon qo‘ng‘iroqlari uchun ham iPhone’ni yoqishga to‘g‘ri kelmoqda. Va nihoyat LTE yoqilganda esa batareya quvvatini tez tugatmoqda. Boshqa kamchiliklar qatorida qo‘ng‘iroqlar va mobil aloqa bilan bog‘liq boshqa qiyinchiliklar bor.
Shuning uchun hozircha Apple Watch Series 3 ni sotib olmay turgan ma’qul ko‘rinadi — hech bo‘lmaganda Apple bu muammolarni hal qilgunga qadar. Uning o‘rniga 329 dollarga LTE modulsiz Series 3 ni xarid qilish mumkin.
Foydalanuvchilar quyidagi muammolardan shikoyat qilmoqda.
Loren Gud (The Verge) LTE-modul va zaif batareya haqida so‘zlab berdi:
Birinchi sinovda iPhone’ni “Samolyotda” rejimiga qo‘yib soat bilan sayrga chiqdim. Xabar yuborishga, telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish uchun Siri’ni chaqirishga urindim — biroq hech biri ishga tushmadi. Siri’ning boshqa buyruqlari ham javobsiz qoldi.
Ba’zan telefon qo‘ng‘iroqlari ishlasa ham, kontaktlarni qo‘lda izlashga to‘g‘ri keldi. Bluetooth-naushniklar yordamidagi qo‘ng‘iroqlar sifati ancha yaxshi, biroq Apple Watch’ga o‘rnatilgan mikrofon ideal emas. LTE-modul 60 daqiqa ishlagandan so‘ng va Siri qo‘ng‘irog‘iga bir nechta urinish va yetti daqiqalik ikki telefon so‘zlashuvidan so‘ng batareya quvvati 27 foizgacha kamayib ketdi.
Joanna Styorn (The Wall Street Journal) ham Apple Watch Series 3 ni xarid qilishni tavsiya qilmaydi:
Mobil modul ba’zan haqiqiy najotga aylanadi. Shuning uchun aloqa haqiqatan ishonchli bo‘lgunga qadar Apple Watch xarid qilishni tavsiya qilmayman.
Nikol Ngyuen (BuzzFeed) soatni sinovdan o‘tkazishning muvaffaqiyatliroq tajribasi bilan maqtandi:
Apple Watch Series 3 — munosib aqlli soat, ayniqsa sportchilar uchun. Mobil aloqa yangi funksiyasi smartfonni mashg‘ulotlarga olishni yoqtirmaydiganlarga ma’qul keladi. Bundan tashqari, soat — telefonini doim uyda unutib qoldiradigan odamlar uchun ajoyib sug‘urta.
Brayan Chen (The New York Times) mobil modul uchun qo‘shimcha to‘lovni tanqid qildi:
Mobil modul — ko‘pchilikka kerak bo‘lmaydigan hasham. Shuning uchun iPhone’siz o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan daqiqalar uchun ortiqcha to‘lash ma’nosiz. Qolaversa, aloqa uchun oyiga qo‘shimcha 10 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Xulosam: soatdan smartfonsiz foydalanish imkoniyati ularning qiymatini sira oqlamaydi.
Izoh (0)