iPhone X sotuvga 3-noyabrdagina chiqadi, hatto o‘shanda ham, ekspertlar fikricha, ushbu qurilmalarning jiddiy tanqisligi kuzatilishi kutilmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Android’da ishlovchi smartfonlar foydalanuvchilari esa Apple’ning yangi flagmaniga xos ba’zi xususiyatlarni hozirdanoq sinab ko‘rishi mumkin, buning uchun qurilma ekranining tepa qismidagi shov-shuvli “kesim”ga taqlid qiluvchi dasturni o‘rnatish kifoya.
iPhone X ekranining yuqori qismida joylashgan “kesim”da Face ID yuzni tanib oluvchi tizim qo‘llaydigan ko‘p sonli datchiklar , shuningdek, dinamik va old kamera joylashgan.
Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan oddiy dastur o‘rnatilib, yoqilgach, “kesim”ning virtual versiyasi ekranning tepa qismida paydo bo‘ladi, unga hatto kamera datchiklari va boshqalar ham chizib qo‘yilgan.
Izoh (0)