Turkiya Suriya bilan chegara hududga maxsus mo‘ljal qo‘shinlari otryadlarini to‘plamoqda. Bu haqda, Anadolu agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Turkiya qurolli kuchlari maxsus mo‘ljal otryadlari avtotransportda Xatay viloyatining Rayhonli tumaniga olib kelinmoqda. Oxirgi to‘rt kun ichida bu yerga 80 dan ortiq harbiy texnika birligi olib kelindi.
Rasmiy Anqara shu tariqa chegara hududlarni mustahkamlayotganini bildirmoqda.
Izoh (0)