Toshkent vaqti bilan 5-may tongida UFC 301 turniri bo‘lib o‘tdi.
Turnirning asosiy jangi eng yengil vazn toifasi chempioni Aleksandr Pantoja (28-5) va Stiv Erseg (12-2) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra (48-47, 48-47, 49-46) g‘alaba qozondi va kamarini himoya qildi.
Turnirning boshqa janglari natijalari bilan tanishing:
Asosiy kard:
- Aleksandr Pantoja Stiv Ersegni ochkolar evaziga mag‘lub etdi;
- Joze Aldo Jonatan Martines ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi;
- Entoni Smit Vitor Petrinoni 1-raundda nokautga uchratdi;
- Mishel Pereyra Igor Poteryani 1-raundda mag‘lub etdi;
- Kayo Borralyo 2-raundda Pol Kreygni nokaut qildi.
Izoh (0)