Hyundai kompaniyasi BMW va Mercedes-Benz singari premial brendlar zamonaviy texnologiyalarga qiziqish bildirayotganini “aqlsizlik” deb hisoblaydi. Bu haqda BMW M’ning sobiq rahbari, bugun Janubiy Koreya markasining sport bo‘linmasi — Hyundai N’ga boshchilik qilayotgan Albert Birman Drive nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar qiladi Motor nashri.
“Bizda pnevmatik ilgak, faol stabilizator yoki yo‘lni ‘his qiladigan’ kamera yo‘q. Buning bari ahmoqlik. Lekin bizda mustahkam platforma, mashinalarimiz raqobatchilarimiznikidan og‘irroq bo‘lsa ham, tonnalab yuqori mustahkamlikdagi po‘lat, boshqariladigan amortizatorlar bor. Va shuning o‘zi yetadi”, — dedi Birman.
Top-menejerning so‘zlariga qaraganda, lyuks segmentidagi ko‘pchilik texnologiyalar marketing va OAVda “shovqin ko‘tarish”dan boshqa narsa emas.
“Ularning ko‘pchiligi ishlatilmaydi, buzilgan taqdirda esa xaridorlar uchun og‘ir yukka aylanadi”, — qo‘shimcha qildi Hyundai vakili.
Izoh (0)