19-sentabr kuni “chiroyli” avtomobil raqamlari savdosi bo‘yicha birinchi onlayn-auksionlar yakunlanadi. Shu bilan bir vaqtda bir yo‘la bir necha o‘nlab auksionlar ham yakunlanadi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab salohiyatli xaridorlar pul tikmoqda, deb yozadi “Repost.uz”.
Ayni paytda barcha tikilgan pullar ichida Z 770 ZA raqam belgisi uchun 13 779 300 so‘m taklif etgan Toshkentlik fuqaro yetakchilik qilmoqda. Agar ushbu mablag‘dan ko‘p taklif tushmasa, 19-sentabr kuni kechqurun “chiroyli” raqam unga nasib qiladi. Nashr eslatishicha, ushbu raqamning boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘mga teng bo‘lgan.
Izoh (0)