Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samaraning SOK jamoasi tarkibida “KVN” Oliy ligasi chempioni bo‘lgan Dmitriy Kolchin Birinchi kanalda hazillarni senzuralash jarayoni qanday kechishi haqida gapirib berdi, deb yozadi Afisha Daily.

Foto: Birinchi kanal

Foto: Birinchi kanal

Kolchin Birinchi kanaldagi senzura qanday ishlashi borasida bir nechta misollar keltirib o‘tdi.

Kanalda “ko‘p sonli senzuralovchi filtrlar”, muharrirlar tepasida muharrirlar ishlaydi. Aynan shu tufayli, “KVN”da prezidentlar haqidagi nomerlar janri uzoq vaqtga yo‘qolib qoldi, dedi u.

Bir marta esa oxirgi repetitsiyaga Birinchi kanalda ishlaydigan odam kelib, Viktor Soyning “Peremeni” qo‘shig‘ining o‘zgartirilgan versiyasini qo‘yishni taqiqlab ketgan, buni u ushbu qo‘shiq “hukumatdan norozilik bilan bevosita assotsiatsiya uyg‘otishi” bilan izohlagan.

Shuningdek, yakuniy montajdan keyin ham ko‘rsatuvning alohida parchalari kanal xodimlari tomonidan jamoalarni ogohlantirmasdan, kesib tashlanadi. Shu tufayli, nomerlar yomonlashib qoladi, deydi Kolchin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi