Toshkentdagi “Laylak qo‘ndi” madaniy meros binosida O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “O‘zbegim do‘ppilari” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi, deb xabar beradi O‘zA.
Tadbirda do‘ppilar azaliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassam etgan boqiy meros sifatida qadrlanishi va asrab-avaylab kelinayotgani ta’kidlandi.
Ko‘rgazmada o‘zbek do‘ppilari qatorida Ibrohim Valixo‘jayev, Dilshod Nazarov, Dilshod Eshmatov, Shuhrat Abdumalikov, Alisher Umrzoqov kabi taniqli rangtasvirchi rassomlarning ijodiy ishlari ham namoyish etilmoqda.
Izoh (0)