- Delmonico’s — birja elitasining sevimli maskani. Bu yerga faqatgina ovqatlangani emas, balki o‘zining obro‘isini namoyish etgani ham tashrif buyurishadi.
Delmonico’s o‘zining steyklari bilan mashhur bo‘lsa-da, bu yerda standart menyuda ko‘rsatilmagan turfa taomlar ham taqdim qilinadi. Bu yerda pishloqli gril-sendvichni 100 dollarga yeyishingiz mumkin.
“Bizning restoranimizga Uoll-stritdagi ko‘plab insonlar tashrif buyuradi va ular doim bir-biridan oldinga o‘tishga harakat qiladi”, — deydi katta oshpaz Billi Oliva. Insider Pro Delmonico’s restoranining “maxfiy menyu”si haqida ma’lumotlar to‘plab taqdim etdi.
Delmonico’s joriy yilda o‘zining 180 yillik yubileyini nishonlaydi. Ushbu restoranda o‘z vaqtida Mark Tven va Avraam Linkoln tushlik qilgan.
Katta oshpaz Billi Olivaning aytishicha, “milliarderlarga mo‘ljallangan menyu” mavjud bo‘lib, u maxfiy hisoblanadi. Bu menyu haqida barmenlar va o‘sha taomni tashiydigan ofitsantlargina bilishadi.
“Milliarderning noni” — maxfiy menyudagi eng qimmat taomdir. Uning narxi 150 dollar.
Uni tayyorlashda marmar mol go‘shti, qisqichbaqa, fua-gra (g‘oz jigari) qora tryufel qirindilari va iste’mol qilsa bo‘ladigan 24 karatli oltin parchasi ishlatiladi.
Shuningdek, 100 dollarga “Uoll-strit gril-pishlog‘i”ni ham buyurtma qilish mumkin. Uni tayyorlashda Scharfe Maxx va L’Etivaz pishloqlari, 18 soat davomida past haroratda qovurilgan oliy navli bekon ishlatilgan.
Desertga ustiga qora hamda tilla rangli yarimfabrikat surtilgan pechenyeni 50 dollarga sotib olishingiz mumkin.
Bu klassik oq-qora pechenyega o‘xshash, ammo oq shirinlik o‘rniga 24 karatli oltin kukunidan foydalanilgan.
Shundan so‘ng “Milliarderning sutli kokteyli”ni 35 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin.
Izoh (0)