Dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari o‘yinlaridan keyin qiziqarli faktlar qalqib chiqdi.
Fransiya chempionatida 9 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turgan Radamel Falkao hafta qahramoniga aylandi. 6 ta uchrashuvda 9 ta gol urgan “Monako” futbolchisi, raqiblar darvozasiga 10 tagina zarba bergan bo‘lib chiqdi.
Igor Sergeyev O‘zbekiston termasining 10 ta o‘yinida gol ura olmaganini o‘zbekistonlik ishqibozlar muhokama qilib turganida, 10 ta zarbada 9 ta gol uradigan hujumchilar borligi haqida Samvel Babayan bilarmikin?
Angliya Premyer-Ligasining 5-turida Londonning besh klubi gol ura olmagani ham diqqatga sazovor. “Chelsi” va “Arsenal” o‘zaro durang o‘ynadi. “Vest Hem” “Vest Bromvich” bilan, “Tottenhem” esa “Suonsi” bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. “Kristal Pelas” o‘z uyida “Sautgempton”dan yengildi.
Mana shu vaqtda Manchester shahrining ikki klubi jami 10 ta gol urdi: “Uotford” — “Siti” 0:6 va “Yunayted” — “Everton” 4:0.
Izoh (0)