Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Rossiya Havo-kosmik kuchlarini “Suriya demokratik kuchlari” marralariga aviazarba berishda aybladi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

Koalitsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya go‘yoki kuni kecha Suriyadagi Frot daryosi sharqi, Dayr az-Zavr shahri yaqiniga zarba bergan.

Bayonotda ma’lum qilinishicha, zarba oqibatida koalitsiya hamkorlari safidagi jangchilar jarohat olgan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Havo-kosmik kuchlarining Dayr az-Zavr shahridagi terrorchilar qo‘mondonlik punktiga hujum natijalari haqida hisobot bergan edi. Aviazarba oqibatida qirqqa yaqin jangari yo‘q qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi