Odessaning sobiq gubernatori hibsga olinmaydi va Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun ekstraditsiya qilinmaydi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Bosh prokuror sifatida aytishim mumkinki, Saakashvili bu ish bo‘yicha qamoqqa olinmaydi. Yashashga ruxsatnoma yoki o‘zi taqdim etgan boshqa hujjatga ega ekan, mamlakatdan ekstraditsiya ham qilinmaydi”, — dedi Lutsenko.
Lutsenkoga ko‘ra, Saakashvilini chegaradan o‘tishiga yordam berganlar ham hibsga olinmaydi. Chegarachilarga qarshi kuch ishlatganlarga nisbatan esa jinoiy ishlar ochiladi.
Izoh (0)