Afg‘onistonda amalga oshirilgan ikki portlashda olti tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Xost viloyati tibbiyot xizmati rahbari Habibshoh Ansoriy shaharning kompyuter va mobil telefonlar bozorida portlatilgan bomba to‘rt kishining hayotini olib ketganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 15 kishi yaralandi.
Yana ikki tinch fuqaro Lag‘mon viloyatidagi portlash oqibatida halok bo‘ldi. Ikki kishi yaralandi.
Izoh (0)