15-sentabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi oldidan Olmaota shahrida O‘zbekiston–Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi samarali yakunlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tomonlar muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid yakuniy hujjatlarni tayyorlashni davom ettirdi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)