AQSh sobiq davlat kotibi va mamlakat prezidentligiga nomzod Hillari Klinton yangi “Nima yuz berdi” (What Happened) nomli kitobida o‘zini “Taxtlar o‘yini” seriali qahramonlaridan biri, Yetti qirollik qirolichasi Serseya Lannisterga o‘xshatdi, deb yozadi “TASS”.
“Tramp saylovoldi mitinglaridagi olomon hisobsiz ravishda meni qamoqqa olishlarini talab qildi. Ular ‘Taxtlar o‘yini’dagi diniy mutaassiblar Serseya Lannister Qizil saroyga olib borilayotganda ‘Sharmandalik! Sharmandalik!’ deb qichqirgani kabi ‘Aybdor! Aybdor!’ deb qichqirar edi”, — deyiladi New York Daily News gazetasida Klinton kitobidan keltirilgan parchada.
“Odamlar mening xunimni istaganligini tasavvur ham qila olmayman. Serseya xato qildi, lekin u bularning barchasiga loyiq emas”, — deydi Klinton.
Sotuvga 12-sentabr kuni chiqqan memuarlarida sobiq birinchi xonim saylovoldi kampaniyasi va o‘tgan yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati haqida hikoya qiladi.
Izoh (0)