Xitoyning Shenyan shahrida yashovchi yosh juftlik o‘zlarining nikoh to‘yi korteji uchun umumiy foydalanishdagi velosipedlarni ijaraga oldi. To‘y korteji aks etgan suratlar CGTN telekanalining Facebook’dagi sahifasiga joylandi.
Limuzinlar va hashamdor mashinalarning o‘rniga yoshlar velosipedlarni ijaraga olishga qaror qildi va shu tariqa anchagina mablag‘ni tejab qoldi. 30 ta velosiped uchun ular atigi 30 yuan (4,6 dollar) to‘lagan.
Barcha velosipedlar Mobike kompaniyasiga tegishli bo‘lib, kortej shahar ko‘chalarida ko‘plab odamlarning e’tiborini tortdi.
Izoh (0)