Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning “Kazinform” davlat axborot agentligi chop etgan yangi xaritasida mamlakat tarkibiga qo‘shni Rossiya, O‘zbekiston va Xitoyning ayrim hududlari qo‘shib yuborilgan. Bu haqda 14-sentabr kuni Regnum agentligi ma’lum qildi.

Foto: “Kazinform”

Foto: “Kazinform”

Xaritada Qozog‘iston chegaralari Rossiyaning Omsk va Orenburg viloyatlari, Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugi, O‘zbekistonning Toshkent viloyati hududidan o‘tgan. Bundan tashqari, xaritada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qozog‘iston hududiga qo‘shib qo‘yilgan.

Xarita ilova qilingan matn qozoq tilini zamonaviylashtirish mavzusiga bag‘ishlangan.

Keyinroq xarita saytdan o‘chirildi, ammo uning surati Google keshida saqlab qolingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi