Apple qizil iPhone 7 savdosini to‘xtatdi

Apple kompaniyasi Product RED talqinidagi iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlarining savdosini to‘xtatdi. Qurilmalar kompaniyaning onlayn do‘koni saytidan olib tashlangan, Google qidiruvida saqlanib qolgan havola esa avvalgi avlod smartfonlarining odatiy sahifasiga yo‘naltirilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

iPhone 7 Product RED loyihasi doirasida ishlab chiqariladigan Apple mahsulotlari sahifasidan ham olib tashlangan. Uning o‘rnida iPhone 8 va iPhone 8 Plus uchun mo‘ljallangan qizil silikonli g‘iloflar paydo bo‘lgan.

TJournal’ning re:Store savdo tarmog‘iga tayangan holda yozishicha, qizil iPhone’larning tamom bo‘lganligi sababli ular tarmoq tomonidan boshqa sotib olinmaydi. Tarmoq ixtiyorida bo‘lgan aksiyali smartfonlar esa bir oy ichida sotib tugatilishi rejalashtirilgan. Biroq iPhone 7 ning narxi arzonlashgani sababli bu muddat qisqarishi mumkin.

iPhone 7 uchun birinchi marta Product RED xayriya dasturi doirasida 2017-yil mart oyining oxirida buyurtma qabul qilish boshlangan. O‘shnda Apple tomonidan aksiya vaqtincha bo‘lishi ta’kidlangan va uning tugash muddati ma’lum qilingan edi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing