AQShning Jorjiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan dastur Super Mario Bros o‘yinining original kodlarisiz uning yangi talqinini yozdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Sun’iy intellekt o‘yinning qanday o‘ynalishini kuzatib, uni qaytadan tuzdi. U o‘yinning vizual tarkibini va ekrandagi obyektlar harakatini tahlil qilgan. Dastur olingan ma’lumotlarni o‘rganadi va harakatlar qoidasini tushuntiradi. Tizim qoidalar jamlanmasini tuzadi va ularni mantiqiy tasdiq sifatida yozadi, qoidalarni o‘yin harakatlari uchun birlashtiradi.
Hozirgi vaqtda dastur faqat 2D platformasida ishlayapti. The Verge nashrining yozishicha, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan o‘yinda ba’zan xatoliklar kuzatiladi, biroq, umuman olganda, o‘yin ishlaydi.
Ayni vaqtda olimlar Mega Man o‘yinining talqinini yaratish ustida ishlamoqda.
Izoh (0)