AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning qator shtatlarini vayron qilgan halokatli to‘fonlardan so‘ng darhol soliq islohotlarini o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“‘Irma’ va ‘Xarvi’ to‘fonlari keltirgan vayronaliklardan so‘ng soliqlarni qisqartirish va soliq islohotini o‘tkazish har doimgidan zarurdir. Olg‘a, Kongress!” — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
AQSh prezidenti ma’muriyati 2017-yil oxiriga qadar soliq islohotini o‘tkazishni rejalashtirayotgan edi. Unda mamlakatning soliq tizimini soddalashtirish rejalashtirilgan. Soliq islohoti Oq Uyning ustuvor harakat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)