AQSh va Karib havzasi davlatlarida “Irma” to‘foni qurbonlari soni 55 kishiga yetdi

AQSh va Karib havzasi davlatlarida “Irma” to‘foni qurbonlari soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarga 18 ta o‘lim holati to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, 12 kishi Florida, 4 kishi Janubiy Karolina, yana 2 kishi Jorjiyada halok bo‘ldi. 

Karib havzasi davlatlaridagi tabiiy ofat qurbonlarning umumiy soni 37 kishini tashkil etmoqda. 

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing